Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi

Oʻzbekiston respublikasi qurolli kuchlari akademiyasi — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun yuqori malakali harbiy kadrlar tayyorlovchi muassasa. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 15-avgustdagi „Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasini tashkil etish toʻgʻrisida“gi 414—49-sonli qaroriga muvofiq, 1995-yil 2-sentabrda tashkil etildi. Akademiya oliy qoʻmondonlik tarkibiga, tezkortaktik ixtisosga ega oliy malakali harbiy, ilmiypedagogik va ilmiy kadrlar tayyorlashga, tadqiqotlar oʻtkazishga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun katta va oliy ofitserlarni tezkorstrategik tayyorlash, katta va oliy ofitserlarning kasbiy tayyorgarlik malakasini oshirish uchun harbiy fan muammolarini oʻrganishda fundamental, qidiruv va amaliy tadqiqotlar oʻtkazish, harbiy siyosat, qurolli kuchlar qurilishi va tayyorgarligi boʻyicha amaliy masalalarni tadqiq etishga moʻljallangan. Akademiyada tinglovchilar 2 yil davomida saboq olishadi.

Rektorlari

tahrir

Manbalar

tahrir