Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi
Oʻzbekiston hukumati vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi – Oʻzbekistonda suv xoʻjaligi sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organi.
Turi | suv xoʻjaligini nazorat qilish |
---|---|
Maqomi | Vazirlik |
Ishga tushgan sanasi | 1991-yilda |
Tugatilgan | 2018-yilda |
Joylashuvi | Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Qorasuv-4 mavzesi, 11-uy |
Hududiy xizmati | Oʻzbekiston |
Vazir | Shavkat Hamroyev |
Bosh mahkamasi | Vazirlik |
Vebsayti | suvchi.gov.uz |
Til(lar)i | Oʻzbek, Rus |
Tarixi
tahrir1991-yilda Qishloq xoʻjaligi va melioratsiya vazirligi tashkil topgan. 1996-yilda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga aylantirilgan. 2018-yil 12-fevralda ikkita vazirlikka: Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligiga ajratildi[1].
Vazirlikning vazifalari
tahrir- qishloq xoʻjaligini zamonaviylashtirish va barqaror rivojlantirishga qaratilgan yagona agrotexnika siyosatini amalga oshirish;
- zamonaviy agrotexnologiyalarni takomillashtirish va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi tarmoqlariga joriy etish;
- qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga bozor prinsiplari va mexanizmlari asosida xizmat koʻrsatayotgan tarmoqlar, boʻgʻinlar va tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
- agrar sektorda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ijara munosabatlarini, oila pudratini, fermer xoʻjaliklarini keng rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish;
- qishloq xoʻjaligini yuritishni va qishloq xoʻjaligi ekinlarini navlar boʻyicha joylashtirishni takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqish;
- seleksiya, urugʻchilik, naslchilik ishlari, veterinariya, oʻsimliklar karantini sohasida davlat siyosatini olib borish hamda chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash;
- irrigatsiya tizimlarini havzalar boʻyicha boshqarish prinsiplari asosida yer usti suv resurslarining davlat boshqaruvini amalga oshirish va barcha darajalarda suvdan foydalanishning va suv isteʼmolining bozor prinsiplarini joriy etish;
- davlat suv xoʻjaligi tizimidan foydalanilishini va uning zamonaviylashtirilishini taʼminlash;
- ilgaridan sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va yangi yerlarni oʻzlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
- qishloq, suv va oʻrmon xoʻjaligida investitsiya siyosatini ishlab chiqishda qatnashish;
- yer va suv resurslaridan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash;
- oʻrmon xoʻjaligidan foydalanish, uni qoʻriqlash, himoya qilish va rivojlantirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
- oʻziga qarashli tashkilotlar va korxonalarni ilmiy-texnik va axborot bilan taʼminlash;
- qishloq, suv va oʻrmon xoʻjaligi rahbarlari va mutaxassislarini oʻqitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
- qishloq xoʻjaligida oʻsimliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish, oʻsimliklar kasalliklarining oldini olish va qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga, begona oʻtlarga va chigirtkaga qarshi kurashish boʻyicha yagona texnika va texnologiya siyosatini oʻtkazish.
Vazirlar
tahrir- Qishloq va suv xoʻjaligi vazirlari
- 1996—2002 – Nosirjon Yusupov
- 2002—2005 – Abduvohid Joʻrayev
- 2005—2009 – Sayfiddin Ismoilov
- 2009—2013 – Zafar Roʻziyev
- 2013—2016 – Shuhrat Teshayev
- 2016—2018 – Zoir Mirzayev
- 2018—2022 – Jamshid Xoʻjayev
- Suv xoʻjaligi vazirlari
- 2018-yildan – Shavkat Hamroyev
Manbalar
tahrir- ↑ arxiv nusxasi, 2017-05-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-05-03