Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi
Oʻzbekiston davlat mukofoti
"Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi" nishoni — Oʻzbekiston Respublikasida sanʼatning biror yoʻnalishida yuksak xizmatlar koʻrsatgan shaxslarga beriladi.
"Oʻzbekiston Respublikasi san'at arbobi" nishoni | ||
---|---|---|
| ||
Mamlakat | Oʻzbekiston | |
Turi | faxriy unvon | |
Kimga topshiriladi | Oʻzbekiston fuqarolariga | |
Taqdirlash asosi | sanʼat yuksalishiga xizmat qiladigan ulkan ishlari uchun | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Taʼsis sanasi | 1996-yil 6-iyun[1] |
Tavsifi
tahrir- Koʻkrak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
- Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida rangin taxta (palitra) moʻyqalamlari bilan, skripka va ochiq kitob, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning chap qismidan „SANʼAT ARBOBI“ degan yozuv gorizontal holatda joy olgan.
- Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
- Tasvirlar va yozuv qabariq.
- Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻich halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.