Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi

„O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi“ faxriy unvoni[2] — xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xalq ustalariga ularning milliy madaniyatni yanada rivojlantirish va iste’dodli yoshlarni tayyorlashga qo‘shgan hissalari uchun beriladi.

"Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi" faxriy unvoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi faxriy unvon
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston fuqarolariga
Taqdirlash asosi xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xalq ustalariga ularning milliy madaniyatni yanada rivojlantirish va iste’dodli yoshlarni tayyorlashga qo‘shgan hissalari uchun
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 1998-yil 1-may[1].

Tavsifi

tahrir

Koʻkrak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida xalq ustalari yasagan buyumlar (qumgʻon, lagan va xontaxta), pastki oʻng chekkasida dafna navdasi tasvirlangan. Nishonning chap qismi yuqorirogʻidan „XALQ USTASI“ degan yozuv gorizontal holatda joy olgan. Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi».

Mukofot sohiblari

tahrir
  • Ablakulov Nu’mon Maxkamovich – Respublika „Hunarmand“ uyushmasi a’zosi, kulol, Samarqand viloyati[3].
  • Narzullayev Abdulla Ibodullayevich – Respublika „Hunarmand“ uyushmasi a’zosi, kulol, Buxoro viloyati[4].
  • Asadov Mirjamol - Respublika “Hunarmand” uyushmasi aʼzosi, yogʻoch oʻymakorligi ustasi, Samarqand viloyati[5].

Sohiblari

tahrir

Manbalar

tahrir