Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi
„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi“ faxriy unvoni — qurilish, montaj va loyiha tashkilotlarining, ilmiy-tadqiqot va boshqa muassasalarning respublikada qurilishni va qurilish industriyasini rivojlantirishda alohida xizmat koʻrsatgan xodimlariga beriladi[1][2][3][4].
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi” faxriy unvoni | ||
---|---|---|
| ||
Mamlakat | Oʻzbekiston | |
Turi | faxriy unvon | |
Kimga topshiriladi | Oʻzbekiston fuqarolariga | |
Taqdirlash asosi | qurilish industriyasini rivojlantirishda alohida xizmat koʻrsatgan xodimlarga | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Taʼsis sanasi | 1996-yil 26-aprel. |
Tavsifi
tahrir- Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
- Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomoni oʻrtarogʻida kaftlar e’zozidagi, ochila boshlagan gul gʻunchasi, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab “XIZMAT KO’RSATGAN YOSHLAR MURABBIYSI” degan yozuv joy olgan.
- Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.Tasvirlar va yozuv qabariq.
- Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
Sohiblari
tahrirYana qarang: Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan quruvchilar
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini ta’sis etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi qonuni, 26.04.1996-yildagi 226-I-son
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 24.08.2021
- ↑ Davlat mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi (toʻliq roʻyxat)
- ↑ Davlat mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi (toʻliq roʻyxat)