„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan transport xodimi“ faxriy unvoni — avtomobil, temir yoʻl, havo, daryo, shahar transporti, yoʻllar qurilishi va ulardan foydalanish, oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, loyiha tashkilotlarining, shuningdek boshqa transport korxonalarining respublika transportini rivojlantirishda, transport vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirishda, yoʻllar qurish va ulardan foydalanishda alohida xizmat koʻrsatgan xodimlariga beriladi[1][2][3][4].
„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan transport xodimi“ faxriy unvoni“ faxriy unvoni |
|
Mamlakat |
Oʻzbekiston |
---|
Turi |
faxriy unvon |
---|
Kimga topshiriladi |
Oʻzbekiston fuqarolariga |
---|
Taqdirlash asosi |
respublika transportini rivojlantirishda, transport vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirishda, yoʻllar qurish va ulardan foydalanishda alohida xizmat koʻrsatgan xodimlariga |
---|
Holati |
topshiriladi |
---|
Statistika |
---|
Taʼsis sanasi |
1996-yil 26-aprel. |
- Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
- Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida teplovoz, yuk shinasi va samolyot, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab „XIZMAT KOʻRSATGAN TRANSPORT XODIMI“ degan yozuv joy olgan.
- Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq.
- Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.