Oʻzbekiston advokatlar uyushmasi
Oʻzbekiston advokatlar uyushmasi (ASSOTSIATSIYASI) — respublikada advokatlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarni birlashtirgan mustaqil nodavlat notijorat tashkilot. 1997-yil taʼsis etilgan. Assotsiatsiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining "Advokatura toʻgʻrisida", "Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida", shuningdek, "Jamoat birlashmalari toʻgʻrisida", "Nodavlat notijorat tashkilotlar toʻgʻrisida" qonunlariga hamda advokatura va advokatlik faoliyatini tartibga soluvchi boshqa meʼyoriy hujjatlarga asoslangan holda yuritadi. Assotsiatsiyaga aʼzolik ixtiyoriydir. Belgilangan tartibda advokatlik maqomiga ega boʻlgan hamda muayyan advokatlik tuzilmasi tashkiliy shaklida faoliyat koʻrsatayotgan har bir advokat unga aʼzo boʻlishi mumkin. Assotsiatsiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy boʻlimlari mavjud boʻlib, ular 24 ta advokatlar hayʼati, 200 dan ortiq advokatlar firmasi va 300 dan ortiq advokatlik byurosidagi 2000 ga yaqin advokatni oʻzida birlashtirgan.
Mamlakatda kuchli mustaqil advokatura tizimini barpo etishga koʻmaklashish, advokatlarni oʻz vazifalarini amalga oshirish jarayonida ularning kasbiy faoliyatini himoya qilish, advokatura faoliyati, shaxs huquq va erkinliklariga taalluqli qonun loyihalarini tayyorlash va muhokama qilishda ishtirok etish, advokatlarga kasb malakalarini oshirishda amaliy yordam koʻrsatish, aholi orasida huquqiy bilimlarni targʻib qilish, xorijiy davlatlar advokatlari va ularning uyushmalari bilan, shuningdek, inson huquqlarini himoya qiluvchi xalqaro nodavlat tashkilotlari bilan aloqalar oʻrnatish va hamkorlik qilish Oʻzbekiston advokatlar uyushmasiu.ning asosiy maqsad va vazifalaridir. Assotsiatsiyaning oliy boshqaruv organi 4 yilda bir marta chaqiriladigan Advokatlar assotsiatsiyasining sʼyezdi hisoblanadi. Sʼyezdlar oraligʻida assotsiatsiya Boshqaruvi faoliyat koʻrsatadi. Boshqaruv aʼzolari (har bir hududiy boʻlimdan 2 tadan) sʼyezd tomonidan saylanadi. Assotsiatsiyaga sʼyezdda saylanadigan rais rahbarlik qiladi. Uning vakolat muddati 4 yil U shu davrda saylanadigan yoki tayinlanadigan boshqa lavozimlarda ishlashi mumkin emas (ilmiypedagogik va advokatlik faoliyati bundan mustasno). Assotsiatsiyaning nashriy organi "Advokat press" ijtimoiyhuquqiy ommabop gaz.dir (2004-yil avgustdan chiqa boshlagan). 87goyougu89hi0pt879goupy90[u-]\=-9[\i0= oI}0 \7=-]-9-ju0pooo0-r Bahrom Salomov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |