Oʻzbekistonning gilamlari. Boysun, Sherobod, Denov tumanlarining togʻ va togʻoldi qishloqlarida uy sharoitida jundan mato tayyorlash keng tarqalgan, jumladan, turli gilamlar, toʻrvalar, dasturxonlar, kigizlar, ichki bezak anjomlari tivitdan salla va hokazo.

Qoʻy junidan, asosan, gilam toʻqilgan. Oʻrta Osiyoda XIX asrning oʻrtalariga qadargilamdoʻzlik uy hunarmandchiligiga kirgan. Sohaning asosiy homashyo manbaasi dehqonchilik va chorvachilikdan olingan paxta va jundir. Ayniqsa, oq rangli jun gilamdoʻzlar tomonidan nihoyatda qadrlangan. Gilam toʻqishda Sherobod togʻ qishloqlari aholisi shugʻullangan. Gilamlar toʻqilishi, gulning joylashishi bilan bir-biridan farqlangan va oʻziga xos ramziy maʼnoga ega boʻlgan. Masalan, olacha gilamning „qulf-kalit“ ramzi tushirilgan turli honadon eshigi doʻstiga ochiq, dushmanga yopiqligini bildirsa, „quroqgul“ turi esa, ikki yosh bir-biri bilan qoʻsha-qarisin degan maʼnoni bildiradi.

Surhon vohasi taqir gilamlari bilan mashhur. Bu gilamlar xalqning diniy tasavvurlari va eʼtiqodlarini oʻzida aks ettiruvchi xandasaviy, islimi, zoomorf va antropomorf naqshlar bilan bezatilgan. Taqir gilam paxta ipidan toʻqilgan. Dastlab uning turli ranglardan iborat boshlanish qismi toʻqilgan va u „suv yoʻli“ deb atalgan. Suv yoʻli qismida 3-4 qanat oq va qora iplardan oʻrilgan „qosh uyurma“, deb atalgan bezak ham solingan. Gilamning eng muhim detallaridan biri — „chetki qora“, Yaʼni gilamning chekkalari qalinligi 4-5 sm li jiyak bilan hoshiyalashgan. Unga echki junidan yigirilgan ip ishlatilgan.

Toʻqish jarayonida gilamning asosini tashkil etuvchi iolardan qilinga tugunchalar oʻng yoki chapga toʻliq bir marta oʻtqizilganda oraliq asbobi oldinga yoki orqaga suriladi. Tugunchalar, agar astarli iplar boʻylama boʻlsa oʻtkazilmaydi. Gilam toʻqilishi qolip oxiriga 1-1,5 metr qolganda qirqiladi. Sababi astarlik iplari oxirlangan sayin tortishib taranglashadi, uzilib ketish holati kuzatiladi.kesilgandan soʻng gilamning ikki yoniga astarlardan qolgan qismidan bezak berilgan. Astarlik iplari uch toʻrt dona ipdan iborat tugunchalar qilingan, bu bilan iplarning boʻshab ketmasligi ham ta;minlangan.

Taqir gilam toʻqish ancha qiyin jarayon, unga oʻrtacha 12–14 kg atrofida ip sarflanadi. Taqir gilam toʻqishda Surxon vohasida yashovchi turkmanlarning ersari urugʻI ancha mashhur boʻlgan.

Qoʻy junidan yana oq, qora, koʻk va boshqa rangdagi junlardan taqiyamt tayyorlangan.jun tozalanib titiladi va sobov choʻp yordamida savalanadi, soʻng qozonga solinib, har xil rangda boʻyalib, kanor ustiga yotqiziladi. Keyin esa turli gullar chiqariladi, asosan, rombli, xochsimon naqsh bilan bezatiladi. Shundan soʻng, ustiga ozroqdn suv sepib, kanorning bir chetidan oʻrab buraladi. Oʻrab boʻlingach, bilak va tizza yordamida bosib, xariga tortib, urib pishitiladi, bunda asosan, yosh yigitlar ishtirok etadilar. Mazkur holat bir necha marta tkrorlangach, mahsulot tayyor holga keladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Eshbolta Qobulov, Maʼruf Fayzullayev. Zafar Hakimov. „Moziydan Sado“. 2.(58).2013