Oʻzbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy tadqiqot instituti

Oʻzbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy tadqiqot instituti — ilmiy tekshirish muassasasi. 1964-yilda SSSR Neft kimyosi sanoati vazirligi qoshida tashkil etilgan. 1996-yildan shu nomda. Institutga asoschisi A.S. Sultonov nomi berilgan (1994). Institutning asosiy ilmiy tekshirish yoʻnalishi tabiiy birikmalar va sintetik moddalar asosida yangi dori vositalarini olish, ularga ilmiytexnik hujjatlar (reglament, farmakopeya maqolalari) tayyorlash hamda tajribasanoat namunalarini ishlab chiqarish, neftkimyo, gaz, oziq-ovqat va boshqalar sanoat korxonalari uchun zarur boʻlgan katalizatorlar olish, katalitik jarayonlarni ishlab chiqish va sanoatga tatbiq qilish muammolari ustida tadqiqotlar olib borishdan iborat. institut olimlari tomonidan kashf etilgan yurakqon tomir sistemasi kasalliklarida qoʻllanadigan "Sharq tabibi" shifobaxsh balzami, 3%li "fensulkal" surtmasi, jigar xastaligiga davo "kobalt fitat" preparati amaliyotda qoʻllanadi. Institutda 12 laboratoriya va boʻlimlar, shuningdek, tajribai.ch. boʻlimi mavjud boʻlib, ularda 106 xodim ishlaydi, shulardan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining 1 akademik (M.F.Obidova), 5 fan doktori, 20 fan nomzodi faoliyat koʻrsatadi (2005).[1]

Manbalar

tahrir