Oʻzbekiston Respublikasi xalq hofizi

(Oʻzbekiston xalq hofizidan yoʻnaltirildi)

Oʻzbekiston Respublikasi xalq hofizi — qoʻshiqchilarga ijrochilik mahorati, Oʻzbekiston mumtoz musiqa merosini va musiqaviy-sheʼriy sanʼatning anʼanaviy shakllarini oʻzlashtirganligi va rivojlantirganligi, faol targʻib qilganligi uchun beriladigan faxriy unvoni[1].

“Oʻzbekiston Respublikasi xalq hofizi” faxriy unvoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi faxriy unvon
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston fuqarolariga
Taqdirlash asosi qoʻshiqchilarga yuksak ijrochilik mahorati
Oʻzbekiston mumtoz musiqa merosini va musiqaviy-sheʼriy sanʼatning anʼanaviy shakllarini oʻzlashtirganligi va rivojlantirganligi, faol targʻib qilganligi uchun
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2000-yil 26-aprel

Tavsifi

tahrir

Koʻkrak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.

Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida milliy cholgʻu asboblaridan doira va dutor pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Ramzlarning yuqorirogʻidan „XALQ HOFIZI“ degan yozuv gorizontal holatda joy olgan. Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq.

Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir