Oʻzbekistonda vinochilik — oʻz ichiga Oʻzbekiston hududida vino ishlab chiqarish va uzum yetishtirishni oʻz ichiga oladi.

Qora uzum

Oʻzbekistonda vinochilik tarixi

tahrir

Geografik joylashuvi, qulay iqlim sharoiti va unumdor sugʻoriladigan yerlarning kattaligi Oʻzbekiston hududida vinochilik va uzumchilikning rivojlanishiga xizmat qilgan. Hozirgi Oʻzbekiston hududida vino ishlab chiqarish qadim zamonlarda boshlangan. Soʻnggi yillardagi ampilografik tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, Oʻrta Osiyoda uzum yetishtirish taxminan 6 ming yil avval joriy qilingan va oʻsha davrda vinochilik va uzum yetishtirishning ancha yuqori texnologiyasi mavjud bo'lgan.

Islom dini oʻrnatilgandan keyin

tahrir

Oʻzbekistonning unumdor yerlarida 7-asr oxirigacha uzumchilik va vinochilik rivojlangan. Arab istilolari va islom dinining Oʻrta Osiyo xududida yoyilishi natijasida vinochilikda sezilarli oʻzgarishlar bo'lgan. Musulmon dini vino iste'mol qilishni va spirtli ichimliklar ishlab chiqarishni taqiqlaydi. Shuning uchun vino ishlab chiqarish kasodga uchragan. Oʻrta asrlar sayyohi, butun Oʻrta Osiyo boʻylab sayohat qilgan venetsiyalik Marko Polo oʻz kundaligida shunday yozgan: “Samarqand, Buxoro va boshqa muhtasham shaharlar bogʻu tokzorlar bilan bezatilgan maskanlardir. Men mahalliy aholi vinosini tatib ko'rganman . Bu vino o'n yildan ko'proq asralgan edi va u o'zining ajoyib sifati bilan hayratlanarli edi. Men ilgari hech qachon bunday ichimlik ichmaganman».

Hozirgi vaqtda

tahrir

Hozirgi vaqtda Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda uzum va vino mahsulotlarining eng muhim ishlab chiqaruvchisi boʻlib, ishlab chiqarish hajmi boʻyicha Oʻzbekiston postsovet hududida Armaniston, Gruziya va Moldova bilan bir qatorda yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi. Bugungi kunda respublikada vino va alkogolli ichimliklar ishlab chiqaradigan ko'plab korxona va zavodlar mavjud. Ularning eng yiriklari Samarqand va Toshkentda joylashgan. Samarqandda Xovrenko nomidagi vino zavodida vinochilik muzeyi mavjud.

Manbalar

tahrir
  1. „Oʻzbekistonda vinochilik tarixi“. Isrs.uz
  2. „Istoriya razvitiya vinogradarstva i vinodeliya Uzbekistana“ (7-iyun 2012-yil). MyTashkent.uz (rus.)
  3. „Vinochilik muzeyi“. Advantour.com