Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan iqtisodchi

"Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan iqtisodchi" faxriy unvoni — xalq xoʻjaligi barcha tarmoqlarining iqtisodiyotni yuksaltirishda alohida xizmat koʻrsatgan yuqori malakali iqtisodchilariga va buxgalteriya hisobi xodimlariga beriladi[1][2][3][4].

„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan iqtisodchi“ faxriy unvoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi faxriy unvon
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston fuqarolariga
Taqdirlash asosi xalq xoʻjaligi barcha tarmoqlarining iqtisodiyotni yuksaltirishda alohida xizmat koʻrsatgan yuqori malakali iqtisodchilariga va buxgalteriya hisobi xodimlariga
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 1996-yil 26-aprel.

Tavsifi

tahrir
  • Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
  • Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida xalq xoʻjaligi obyektlari razmlari tushirilgan Oʻzbekiston Respublikasi xaritasi fonida kompyuter, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab "XIZMAT KOʻRSATGAT IQTISODCHI" degan yozuv joy olgan.
  • Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq.
  • Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.

Sohiblari

tahrir

Manbalar

tahrir