Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan irrigator
(Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan irrigatordan yoʻnaltirildi)
„O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator“ faxriy unvoni — suv xo‘jaligi, qurilish, loyiha, ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlarning suv xo‘jaligi obyektlarini qurish hamda ulardan foydalanish bilan shug‘ullanadigan va suv xo‘jaligini hamda sug‘oriladigan dehqonchilikni rivojlantirishda, shuningdek respublika tabiatini muhofaza etishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga beriladi[1][2][3][4].
„O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator“ faxriy unvoni | ||
---|---|---|
| ||
Mamlakat | Oʻzbekiston | |
Turi | faxriy unvon | |
Kimga topshiriladi | Oʻzbekiston fuqarolariga | |
Taqdirlash asosi | suv xo‘jaligi, qurilish, loyiha, ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlarning suv xo‘jaligi obyektlarini qurish hamda sug‘oriladigan dehqonchilikni rivojlantirishda, shuningdek respublika tabiatini muhofaza etishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Taʼsis sanasi | 1996-yil 26-aprel. |
Tavsifi
tahrir- Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
- Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomoni o‘rtarog‘ida gidrostansiyadan oqib tushib mavj urayotgan suv to‘lqini, chaprog‘ida g‘o‘za tupi, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab „XIZMAT KOʻRSATGAN IRRIGATOR“ degan yozuv joy olgan.
- Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuvlar qabariq.
- Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
Manbalar
tahrir- ↑ O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini taʼsis etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi qonuni, 26.04.1996 yildagi 226-I-son
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 24.08.2021
- ↑ Davlat mukofoti sovrindorlari eʼlon qilindi (to‘liq ro‘yxat)
- ↑ Davlat mukofoti sovrindorlari eʼlon qilindi (to‘liq ro‘yxat)