Oʻzbeklashtirish — turli maʼmuriy vositalar orqali odamlarga turli madaniy meroslar asosida oʻzbeklik tuygʻusini majburiy singdirish jarayoni. Bu atama 1920-yillar oxirlari va 1930-yillarning boshlarida Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish mobaynida Oʻzbekistonda amalga oshirilgan mahalliylashtirishning oʻziga xos jarayonidir.

Oʻzbekiston tojiklari

1924-yil Oʻzbekiston SSR tashkil etilishi bilan boshlangan assimilyatsiya tazyiqlari tufayli etnik tojiklar aholini roʻyxatga olish blankalarida koʻpincha oʻzlarini oʻzbeklar deb koʻrsatishni, shuningdek, qishloq xoʻjaligi va togʻli hududlarni tark etmaslik uchun oʻz pasportlarida oʻzbek sifatida qayd etilishini afzal koʻrdilar. Rasmiy Oʻzbekiston statistikasida Oʻzbekistondagi tojik aholi taxminan 5% tashkil qilgan boʻlsa-da[1][2], baʼzi ekspertlar hisob-kitoblarida, tojiklar mamlakat umumiy aholisining 25-30% ni tashkil etgan boʻlishi mumkinligi aytilgan[3].

Sovet Ittifoqi parchalanganidan soʻng, Oʻzbekistonda sovetlashtirish va ruslashtirishdan keyingi jarayonlarga „oʻzbeklashtirish“ atamasi qoʻllanila boshlangan. Majburiy taʼlimda rus tili oʻrnini bosgan oʻzbek tilining ahamiyatini tiklash, oʻzbek anʼanalari va madaniyatini targʻib qilish shular jumlasidandir[manba kerak].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Results of population censuses in Uzbekistan in 1959, 1970, 1979, and 1989.“. 2008-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 9-iyun.
  2. CIA World Factbook: Uzbekistan (1996 est.)
  3. Richard Foltz, „The Tajiks of Uzbekistan“, Central Asian Survey, 15(2), 213-216 (1996).