Oʻzgargan landshaft
Oʻzgargan landshaft — tabiiy taʼsirlar yoki inson faoliyati taʼsirida dastlabki holati oʻzgargan landshaftlar. Tabiiy landshaftlar oʻz-oʻzidan sekinastalik bilan oʻzgarib boradi. Insonning xoʻjalik taʼsirida esa landshaft, ayniqsa, oʻsimlik, hayvonot dunyosi, yer osti va yer usti boyliklari tez oʻzgaradi. Aslida landshaft butkul oʻzgarmaydi, mas, togʻ jinslari, iqlim, relyefning yirik shakllari oʻzgarmay qoladi. Oʻzgargan landshaftga vohalar misol boʻladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |