Oʻqitishning kurs tizimi
Oʻqitishning kurs tizimi -oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hamda oliy taʼlim oʻquv muassasalaridagi taʼlim tizimi. Oʻquv jarayonining qatʼiy grafigi, barcha oʻquv fanlari, oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotining kurs, oʻquv yillari hamda semestrlar boʻyicha taqsimlanishiga asoslanadi. Talaba (oʻquvchi)larning barcha mashgʻulotlarda qatnashishlari va oʻquv rejasida belgilangan kurs ishi, kurs loyihasi, referat va boshqalar ishlarni oʻz vaqtida bajarishlari, shuningdek, har bir semestr oxirida qatʼiy belgilangan muddatda ushbu semestrda oʻtilgan fanlar boʻyicha sinov va imtihonlar topshirishlarini nazarda tutadi. Oʻqitishning kurs tizimit. oʻquv yurti va ftda oʻquv jarayonining aniq tartibini yaratish hamda talaba (oʻquvchi)larga mustaqil ishlash imkoniyatini beradi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |