Koʻknoʻxat
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Koʻknoʻxat (Pisum), oʻrisnuxat -dukkaklilar oilasiga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi, dukkaqli don va sabzavot ekini. Yevropa, Gʻarbiy Osiyo, Shimoliy Afrikada 6—7 turi uchraydi. Jahondagi koʻpgi-va mamlakatlarda K.ning madaniy (P.sativum) turi koʻproq yetishtirila-di (uning ekma, dala, osiyo, Kavkaz kenja turlari bor). Dehqonchilikda qadimdan (miloddan avvalgi 4-asrdan) ekiladi. K. AQSH, Xitoy, Hindiston, Ukraina, Rossiyada koʻp ekiladi. Oʻzbekistonda K. oraliq ekin va koʻkat oʻgʻit sifatida yetishtiriladi. Namsevar, sovuqqa chidamli ekin. Ildizi uq ildiz, ildizida tuganaqlar hosil boʻladi (bir mavsum davomida 50–80 kg/ga sof biologik azot tuplaydi). Poyasi utsimon, chirmashib oʻsadi, navlariga qarab oʻz. 70—120 sm. dan 300 sm gacha boradi. Bargi murakkab, juft patsimon, jingalaqlari bor. Guli kapalaksimon, turlariga qarab rangi oq, qizil, koʻk. Mevasi dukkak, choʻzinchoq, qilichsimon. Dukkagida 4—10 ta don boʻladi. 1000 ta donning vazni 100—250 g. Urugʻi 1—5° da unib chiqadi. Maysasi —3 —8° sovuqqa chidaydi. Oʻsishi va rivojlanishi uchun eng qulay harorat 17—20°. Vegetatsiya davri 75—100 (45—120) va undan ortiq kun. Oʻzidan changlanadi. K.ning doni oqsilga boy. Donidan oziq-ovqat (yorma, un, koʻk dumbul noʻxatidan konservalar) va poyasidan xashak (koʻk massa, pichan, sevaj, somon) tayyorlanadi. Koʻk noʻxati tarkibida 6,5% oqsil, 11,0% uglevodlar, 4,2% qand, 1% kletchatka, vitaminlar, mikroelementlar bor. K. doni aralash yem sanoatida koʻp ishlatiladi (1 ozuqa birligida 150 g dan koʻproq hazm boʻladigan protein mavjud). K. yem-xashak, koʻzgi gʻalla, sabzavot ekinlaridan boʻshagan yerdarga ekiladi. Asosan, erta bahorda, baʼzan koʻzda (okt. oyida) tor va keng qatorlab (chirmashib oʻsadigan navlariga tayanch oʻsimliklar — suli, arpa qoʻshib) ekiladi. Hosildorligi don boʻyicha 20—40 s/ga.
Oʻzbekistonda shirin va nim shirin navlari koʻk dukkagi va don uchun yetishtiriladi. Xashaki K.ning ekiladigan navlari: Vostok 84, Vostok 55 (2001)[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |