Angishvonagul, oʻymoqgul (Digitalis) — sigirquyruqdoshlar oilasiga mansub ikki yillik va koʻp yillik oʻtlar turkumi. Yevropa va Osiyoda 25 ga yaqin turi bor. Barchasi zaharli. Angishvonagulning poyasi tikka (uzunligi 40-150 sm), barglari ketma-ket joylashgan, barg cheti arrasimon, baʼzi turlarida tekis. Barglar poyaning ostidan uchiga tomon maydalashib boradi. Gullari shingil toʻpgulga yigʻilgan, gultoji qoʻngʻiroq yoki angishvonaga oʻxshash; oʻsimlik nomi ham shundan olingan. Qizil angishvonagul va sariq angishvonagulning bargidan purpurea angishvonagul, purpurea angishvonagul, digitoksin, gitoksin va yurak kasalliklariga qarshi ishlatiladigan boshqa glyukozidlar olinadi. Angishvonagulning boshqa turlaridan olingan preparatlar (masalan, abitsin) ham shu kabi kasalliklarni davolashda qoʻllanadi. Angishvonagulning baʼzi xillari Oʻzbekistonda xushmanzara oʻsimlik sifatida ekiladi.

Digitalis lutea

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil