O‘zbekiston Mustaqilligiga 25 yil
„Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil“ esdalik nishoni bilan mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, maʼnaviy salohiyatini va mudofaa qudratini yuksaltirish, davlatimiz sarhadlarining daxlsizligini taʼminlash, demokratik islohotlarni amalga oshirish, jamiyatimizda hukm surayotgan millatlararo doʻstlik va totuvlikni, tinchlik va barqarorlikni asrash, milliy madaniyatimiz va sanʼatimizni rivojlantirish, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarimizni vatanparvarlik va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qoʻshib kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizning barcha sohalari vakillari, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda boshqa shaxslar taqdirlanadi[1][2][3][4].
„Oʻzbekiston Mustaqilligiga 25-yil“ esdalik nishoni | ||
---|---|---|
| ||
Mamlakat | Oʻzbekiston | |
Turi | esdalik nishon | |
Kimga topshiriladi | Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy fuqarolarga | |
Taqdirlash asosi | Asosiy Qonunimizning hayotimizdagi oʻrni va ahamiyatini keng targʻib etish, yosh avlodni qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qoʻshib kelayotgan barcha soha vakillari boshqa shaxslar taqdirlanadi | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Taʼsis sanasi | 2016-yil 1-iyul. |
Tavsifi
tahrir- „Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil“ esdalik nishoni 0,25 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi.
- Esdalik nishonining old tomoni markazida quyosh nurlari fonida Mustaqillik maydonida joylashgan Mustaqillik va ezgulik monumentida aks ettirilgan Baxtiyor ona haykali tasvirlangan. Esdalik nishonining aylanasi boʻylab zarhal hoshiya bilan oʻralgan oq emalli doirada „OʻZBEKISTON MUSTAQILLIGIGA“ soʻzlari, pastki qismi markazida esa ikkita sakkiz qirrali yulduz oraligʻida „25 YIL“ yozuvi aks etgan. Yozuvlar zarhallangan.
- Esdalik nishonining orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi, pastki qismining markazida „2016“ yozuvi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir.
- Esdalik nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan oʻralgan. Esdalik nishoni ilgakchalar va halqacha yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻich bilan tutashtirilgan.
- Qadagʻich Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi, eni 20 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan. Qadagʻichning boʻyi — 16 millimetr, eni — 25 millimetr. Qadagʻichning orqa tomoniga esdalik nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil“ esdalik nishoni taʼsis etish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 01.07.2016-yildagi PF-4807-son
- ↑ Islom Karimov farmoni bilan mustaqillikning 25 yilligiga esdalik nishoni taʼsis etildi
- ↑ „Bir guruh namunali oʻqituvchilar va xodimlar „Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil“ esdalik nishoni bilan taqdirlandi“. 2022-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-iyul.
- ↑ “Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni bilan mukofotlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 23.08.2016-yildagi PQ-2578-son