Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi
O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi — faxriy unvonini taʼsis etish toʻgʻrisidagi qonun 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonun qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi[1].
O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi faxriy unvonining koʻkrak nishoni | ||
---|---|---|
| ||
Mamlakat | Oʻzbekiston | |
Turi | Koʻkrak nishon | |
Taqdirlash asosi | tasviriy sanʼat arboblariga rang tasvir, grafika, haykaltaroshlik, amaliy-dekorativ, teatr va kino sanʼatini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun beriladi | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Taʼsis sanasi | 2000-yil 26-may | |
Navbat | ||
Toʻngʻich mukofot | Mustaqillik ordeni | |
Kenja mukofot | Amir Temur ordeni |
Tavsifi
tahrirKo‘krak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida molbert fonida taxta (palitra) mo‘yqalamlari bilan, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning chap tomonida ramzning yuqorirog‘ida „XaIq rassomi“ degan yozuv gorizontal holatda joy olgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
Faxriy unvon bilan taqdirlash tartibi
tahrir„O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi“ faxriy unvoni atoqli tasviriy sanʼat arboblariga rang tasvir, grafika, haykaltaroshlik, amaliy-dekorativ, teatr va kino sanʼatini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun beriladi.
Faxriy unvon bilan taqdirlangalar
tahrirOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asos 1997-yil 26-avgustida O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi faxriy unvoni bilan taqdirlandi[2]. 2019-yil 7- noyabr kuni O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zBA aʼzosi, Kamoliddin Bexzod nomidagi MRDI professori Akmal Ikromjonov To‘rayevich O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi faxriy unvoni bilan taqdirlandi[3]. 2021-yil 24-avgust O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga koʻra Baltabayev Tayir Ilyasovich — O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, miniatyurachi rassomi „O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi“ faxriy unvoni bilan taqdirlandi[4].
Fayzullayev Ortiq | — | Kamoliddin Behzod nomidagi Toshkent davlat milliy rassomchilik va dizayn instituti o‘qituvchisi |
Akmal Ikromjonov To‘rayevich | — | Kamoliddin Bexzod nomidagi MRDI professori |
Baltabayev Tayir Ilyasovich | — | O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, miniatyurachi rassom |
Manbalar
tahrir- ↑ „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FAXRIY UNVONLARINI TA’SIS ETISH TO‘G‘RISIDA“.
- ↑ [https://lex.uz/docs/-2386906 „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI“].
- ↑ „O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Ikromjonov“.
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni“.