O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
>
Fayl:Uzdxauf.jpg | |
Xalqaro nomi |
ingl. Urganch branch of the State Academy of Choreography of Uzbekistan[1] rus. Ургенчский филиал Государственной академии хореографии Узбекистана |
---|---|
Turi | Akademiya |
Asos solingan sanasi | 2021 |
Rektori | Botirov Shonazar Xusainovich „O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali“. 2024-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-aprel. |
Manzili |
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy |
Veb-sayti | uzdxauf.uz |
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali-O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 yanvardagi 31-son qaroriga asosan milliy raqs san’ati sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish
tahrirFilial tarixi
tahrirO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 yanvardagi 31-son qaroriga asosan milliy raqs sanʼati sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, Xorazmning qadimiy raqsi «Lazgi»ni asrab-avaylash, uni ilmiy o‘rganish, jahon miqyosida keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali tashkil etilgan bo‘lib, filialning asosiy vazifalari:
Filial vazifalari
tahrirKadrlar tayyorlash jarayoniga sohaning yetuk va malakali mutaxassislarini jalb qilish orqali ilm-fan va ta’limning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash;
raqs san’ati bo‘yicha yuqori malakali bakalavr va magistrlarni, shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib borish salohiyatiga ega ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;
ilmiy tadqiqotlar natijalari bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni tayyorlash va nashr qilish;
talaba yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mahalliy va xalqaro grantlarni jalb etgan holda ularning xorijda ta’lim olishi, ilmiy-ijodiy ishlar olib borishini samarali tashkil etish, hamkorlikdagi konsert dasturlarini muntazam asosda yo‘lga qo‘yish;
kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy-ijodiy faoliyatni yanada rivojlantirish, iqtidorli talaba yoshlarni ushbu yo‘nalishga keng jalb etish;
soha mutaxassislarining xorijiy turdosh oliy ta’lim muassasalarida qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, stajirovka o‘tashlarini tizimli tashkil etish;
Lazgi bo'limi
tahrir«Lazgi» bo‘limining asosiy vazifalari:
«Lazgi» ijrochiligini yanada rivojlantirish, bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
fan-taʼlim va ijrochilikning integratsiyalashuvini taʼminlash;
«Lazgi» ijro yo‘li namunalari «Oltin fondi»ni yaratish;
an’anaviy «Lazgi» ijro yo‘lini asrab-avaylash, uni zamonaviy ijro uslublari namunalari bilan yanada takomillashtirish, raqsning ijtimoiy-tarixiy ildizlari, ilmiy-nazariy negizlari, milliy va umumbashariy qadriyatlar bilan bog‘liq jihatlarini olimlar va ijrochi mutaxassislar ishtirokida chuqur o‘rganish;
«Lazgi» ijro yo‘lini keng targ‘ib qilish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
«Lazgi» ijro namunalarini ommaviy axborot vositalari hamda Internet axborot tarmog‘i orqali chet ellarda keng targ‘ib qilish.
Filial huzurida budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan doimiy asosda faoliyat ko‘rsatuvchi:
«Lazgi»ning yaratilish tarixi va rivojlanish davrini qamrab olgan doimiy ekspozitsiya;
«Lazgi» ijro yo‘lida yaratilgan ijod namunalarining fonotekasi;
«Lazgi»ga oid liboslar namunalari galereyasi, ko‘rgazmalar zali hamda artistik kafesi;
«Lazgi» bolalar havaskorlik teatr-studiyasini tashkil etish qarorda ko‘zda tutilgan.
Fakultetlar
tahrir- Xoreografiya turlari boʻyicha
Faoliyati
tahrirUshbu filial o‘z ish faoliyatini 2021-2022 yilida boshlagan bo‘lib, ayni damda filialga Botirov Shonazar Xusainovich direktor qilib tayinlangan. Filial veb sahifasi va ijtimoiy tarmoqlardagi manzillari
Manbalar
tahrir- ↑ „Urganch branch of the State Academy of Choreography of Uzbekistan“ (en). Times Higher Education (THE). Qaraldi: 17-iyul 2020.