Yoshlar ishlari agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi — oʻzbekistonlik yoshlar bilan shugʻullanuvchi tashkilot.
Yoshlar ishlari agentligi binosi | |
Turi | Davlat boshqaruv idorasi |
---|---|
Maqomi | Amalda |
Ishga tushgan sanasi |
30-iyun, 2020-yil 1924-1991 — Butunittifoq Leninchi Kommunistik Yoshlar Ittifoqi 1991-1996 — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi 1996-2017 — Kamolot[1] 2017-2020 — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi[2] |
Joylashuvi | Toshkent shahri, Navoiy shoh koʻchasi, 11-uy |
Hududiy xizmati | Oʻzbekiston |
Direktori | Alisher Saʼdullayev |
Vebsayti | yoshlar.gov.uz |
Til(lar)i | oʻzbek, rus |
Tarixi
tahrir1924-yilda Butunittifoq Leninchi Kommunistik Yoshlar Ittifoqi OʻzSSR boshqarmasi sifatida tashkil topgan[3].
1991-yilda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqiga aylantirilgan[4].
1996-yil aprel oyida „Kamolot“ jamgʻarmasiga, 2001-yilda esa „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakatiga aylantirilgan. Oʻzaro qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi shartnomalar asosida kichik biznes korxonalari (savdo korxonalaridan tashqari) tomonidan hisoblangan yagona soliq toʻlovi summasining 8 foizini majburiy ravishda olish evaziga faoliyat yuritib kelgan[4].
2017-yilda yana Oʻzbekiston yoshlar ittifoqiga aylantirilgan[5].
2020-yilda agentlik sifatida qayta tashkil etildi[6].
2022-yil 30-dekabrda Yoshlar ishlari agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi bilan birlashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tashkil etildi[7].
2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi qaytadan Sport vazirligiga aylantirildi. Yoshlar ishlari agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻtkazildi[8].
Vazifasi
tahrirYoshlar ishlari agentligining vazifalari Oʻzbekiston Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq belgilangan[9].
Shuningdek, Оʻzbekiston Prezidentining 2020-yil 30-iyun kungi „Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida“gi PQ-4768-son[10] qarori qabul qilinib, agentlikning tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.
Boshqaruv tarkibi
tahrir- Alisher Saʼdullayev — Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori. U Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyul kungi PQ-4780-son qarori[11] bilan ushbu lavozimga tayinlangan.[12];
- Vakant — Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari.
- Dilnozaxon Sobir qizi Kattaxanova — Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining oʻrinbosari[12].
- Feruz Karimovich Ablayarov — Yoshlar ishlari agentligi direktori oʻrinbosari.
- Nodir Abduqayumovich Abduqodirov — Yoshlar ishlari agentligi Axborot va media xizmati rahbari.
- Mehrinoz Nosirjon qizi Abbosova — Ijtimoiy loyihalar boʻlimi boshligʻi[13].
- Sarvar Oʻktamovich Xamdamov — Kadrlar boshqarmasi boshligʻi[13].
- Umid Saxibxanovich Sadikov — Axborot-tahlil va ijro nazorati boshqarmasi boshligʻi[13].
- Ixtiyor Ismat oʻgʻli Ziyodilloyev — Ishlar boshqarmasi boshligʻi[13].
- Vakant — Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish boʻlimi boshligʻi[13].
- Umidulla Ulashovich Sattarov — Taʼlim muassasalarida yoshlar bilan ishlash va volontyorlik faoliyatini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi[13].
- Sharofiddin Baxodirovich Xonimov — Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻlimi boshligʻi[13].
- Akmal Nutfulloyevich Xalikov — Yuridik byuro boshligʻi[13].
- Sherzod Murodullayevich Olimov — Besh tashabbus loyihalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi[13].
Manbalar
tahrir- ↑ „Ustav“. yoshlarittifoqi.uz. Qaraldi: 3-may 2024-yil.
- ↑ „Yoshlar ittifoqi tugatiladi. O‘rniga agentlik tashkil etiladi“. Xabar.uz (2019-yil 27-dekabr). 2024-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-may 2024-yil.
- ↑ O‘zbekistonda ma’muriy buyruqbozlik boshqaruvi tizimining shakllanishi
- ↑ 4,0 4,1 Mirziyoyev Komsomolni tiklamoqdami?
- ↑ Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
- ↑ Sportni rivojlantirish vazirligi negizida Yoshlar siyosati va sport vazirligi tashkil etilmoqda
- ↑ Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi PF-6017-son farmon
- ↑ „Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida“gi PQ-4768-son qarori
- ↑ A.Z.Saʼdullayevni Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi direktori lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida, 2020-07-16da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-07-17
- ↑ 12,0 12,1 Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining oʻrinbosarlarini lavozimlarga tayinlash toʻgʻrisida, 2020-07-17da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-07-17
- ↑ 13,0 13,1 13,2 13,3 13,4 13,5 13,6 13,7 13,8 „Markaziy apparat“. 2023-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-iyun.