O.Henry mehmonxonasi Shimoliy Karolinaning Greensboro shahrida joylashgan.

O. Henry Mehmonxonasi

O. Henry mehmonxonasining 1979-yilgacha bo‘lgan holati
Umumiy maʼlumot
Joylashuvi 624 Green Valley Road
Greensboro, Shimoliy Karolina
Koordinatalar 36°05′12″N 79°49′34″W / 36.08658264226833°N 79.8262084268494°W / 36.08658264226833; -79.8262084268494
Egasi Quaintance Weaver Restaurants and Hotels
Vebsayt
OHenryHotel.com
O. Henry mehmonxonasi

Mehmonxona Greensboro shahrida tugʻilgan amerikalik yozuvchi O. Henry taxallusi bilan mashhur boʻlgan William Sydney Porter sharafiga nomlangan. Greensboro markazida joylashgan mehmonxona binosi 1919-yilda Bellemeade va Shimoliy Elm koʻchalari kesishgan joyda qurilgan. Bu Greensborodagi birinchi zamonaviy mehmonxona boʻlib, 300 dan ortiq xonalari mavjud. Ushbu inshoot Shimoliy Karolinadagi eng katta hashamatli mehmonxonalardan biri hisoblangan. Mehmonxona 1960-yillarda oʻz faoliyatini toʻxtatgan. 1979-yilda esa buzib tashlangan[1]. 1990-yil oxirida esa eski joyidan 2 mil narida yangi mehmonxona binosi qurilgan. O. Henry mehmonxonasi Quaintance-Weaver Restoran va Mehmonxonalari kompaniyasining xususiy mulki hisoblanadi. Green Valley Grill restorani ham O. Henry mehmonxonasi ichida joylashgan[2].

Manbalar

tahrir
  1. „History of the Original O.Henry Hotel in Greensboro, NC“ (en-US). O.Henry Hotel. Qaraldi: 24-oktyabr 2024.
  2. „Green Valley Grill Restaurant | Greensboro, NC“. Green Valley Grill. Qaraldi: 24-oktyabr 2024.