OPPO Electronics Corporation premium maishiy elektronika ishlab chiqaruvchi hisoblanadi; BBK Electronics korporatsiyasining boʻlinmasi[1][2][3]. 2001-yilda tashkil etilgan.

OPPO Electronics
Turi biznes
Egasi Guangdong Oujia Holdings Co., Ltd.
Qachon asos solingan 2004

Brend dunyoning koʻplab mamlakatlarida roʻyxatdan oʻtgan. OPPO Digital Inc., AQShda joylashgan boʻlib, bir qator Hi-End Blu-ray pleyerlari, naushniklar va naushnik kuchaytirgichlari bilan AV mahsulotlarini loyihalashtiradi va ishlab chiqaradi.

2008-yilda OPPO portativ elektronika segmentiga kirib kelgan va oʻzining mobil telefonlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan. OPPO smartfonlar olamidagi eng ishonchli va eng yaxshi 5 ta sotuvchidan biri hisoblanadi[4].

Tarixi

tahrir
  • 2005-yilda kompaniya Xitoy bozorida oʻzining birinchi MP3 pleyerini va AQShda birinchi Hi-End DVD pleerini ishga tushirgan;
  • 2006-yil – portativ video pleyerlar toifasining ishga tushirilishi;
  • 2008-yil – birinchi mobil telefonning ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan;
  • 2009-yil – OPPO brendi Tailand bozoriga kirgan;
  • 2011-yil – birinchi smartfonning chiqarilishi; OPPO kompaniyasining Android operatsion tizimiga asoslangan birinchi smartfoni chiqqan.
  • 2012-yil – OPPO Finder ishlab chiqarilishi va sotilishi boʻyicha – dunyodagi eng nozik smartfon;
  • 2013-yil – kompaniya AQSh, Angliya, Gonkong, Tayvan, Avstraliya, Rossiya, Vyetnam, Indoneziyadagi smartfon bozorlariga kirib borgan.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Introduction to BBK (Oppo) Company“. The People's Government of Chang’an Town (2012-yil 18-iyun). 2016-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-oktyabr.
  2. Colin, David „A Winning Digital DVD Player“. Projector Central (2005-yil 7-iyul). — „So who is Oppo? <…> Oppo is a newly created North American branch of BBK Electronics of China…“. 2019-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-fevral.
  3. Beamish, David „Review: OPPO Digital DV-971H (US – DVD)“. dvdactive. — „OPPO Digital are based in Mountain View, CA and are the US arm of BBK Electronics who are a huge Chinese market leader and who have been a private label OEM for companieshxjckvififu such as Denon, NEC and BOSE. Manufacturing all sorts of electronics gear, BBK Electronics is a market leader in China and looking to expand globally hence the creation of their North American arm – OPPO Digital.“. 2018-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-fevral.
  4. „Huawei Lands Top Spot in Second Quarter Smartphone Market Despite Largest Ever Market Decline, According to IDC“. IDC: The premier global market intelligence company. 2020-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-oktyabr.

Havolalar

tahrir