Oasis — Manchester, Angliyada tashkil topgan rok-guruh.

Oasis
Umumiy maʼlumot
Mamlakat Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Faoliyat yillari 1991-bugun
Janr rok, britpop
Leybl Creation
Epic
Columbia
Sony BMG
Big Brother
Tarkib Liam Gallagher
Noel Gallagher
Gem Archer
Andy Bell
Zak Starkey
Sobiq aʼzolar Alan White
Paul "Guigsy" McGuigan
Paul "Bonehead" Arthurs
Tony McCarroll
Vebsayt www.oasisinet.com

Guruh sardorlari — aka-uka Gallagherlar. Noel — gitarachi va koʻpchilik qoʻshiqlarning muallifi. Shuni aytish ham joizki, Noel guruhning bir necha qoʻshiqlarida asosiy vokalchi sifatida chiqadi. Uning ukasi — Liam — asosiy vokalchi va bir nechta qoʻshiqning muallifi. Ular guruhning tashkil topganligidan beri yagona oʻzgarmagan ishtirokchilaridir.

Guruhga juda The Beatles, The Rolling Stones, Sex Pistols, Stone Roses va The Kinks'larning ijodi taʼsir qilgan. Koʻpchilik tanqidchilar tomonidan barcha zamonlarning eng yaxshi albomlaridan biri deb baho berilgan — Definitely Maybe nomli debyut albomning muvaffaqiyati tufayli, keyingi albom — (What's the Story) Morning Glory?'ning 19 millionlik sotuvlari va OAV tomonidan qizdirilgan Blur guruhi bilan „kurashi“ tufayli Oasis XX asr 90-yillarining eng muvaffaqiyatli va taʼsirli guruhlardan biriga aylanadi. Aka-uka Gallagherlar muntazamlik bilan tabloidlar sahifalariga tushishardi va „yomon bolalar“ reputatsiyasiga ega boʻladilar. Guruh muvaffaqiyatining choʻqqisi 1997-yilga — Oasis'ning uchinchi albomi — Be Here Now — britan chartlarining 1 pogʻonalarini egallagani va Birlashgan Qirollikda eng tez sotiladigan albom unvoniga erishgan (sotuvlarning birinchi kunida 500 mingga yaqin nusha sotilgan) paytiga toʻgʻri keldi. 90-yillar oʻrtalarida Oasisning raqobatchilari boʻlgan — koʻpgina guruhlar tarqalib ketishadi yoki albomlarni juda kam yozayotgan paytda, Oasis bir necha ishtirokchisining ketishidan oʻtib va ijodiy krizisni yengib, hozirgacha muntazam ravishda yangi ishlarini taqdim etmoqdalar, ularning konsertlari esa juda ommaviy. 2005-yilda dunyo yuzini koʻrgan ularning ohirgi albomi — Don't Believe the Truth yaxshi retsenziyalarga ega boʻldi va yaxshi sotilardi. 2006-yil 20-noyabrda Oasis'ning eng yaxshi xitlar termasi — „Stop The Clocks“ chiqadi.

(1991—1993) Birinchi yillar

tahrir

"The Rain"

tahrir

Oasis guruhi The Beatlesning qoʻshigʻi sharafiga nomini olgan „The Rain“ guruhidan kelib chiqqan. „The Rain“ning tarkibi:

Guigsy guruhga oʻzining maktabdosh doʻsti Liam Gallagherni taklif etganida, u rozi boʻladi va guruh nomini „Oasis“ga oʻzgartirishni taklif etadi. Oasis'ning birinchi sahna chiqishi Manchesterdagi „Broudwok“ klubida, 1991-yil avgustda boʻlib oʻtadi. „The Inspiral Carpets“ guruhi tarkibida amerikan turnesidan qaytgan Noel Gallagher ukasining chiqishini koʻrgani klubga keladi. Ikki oydan soʻng uni guruhga taklif etishadi, u esa guruh sardori boʻlish va guruhning barcha qoʻshiqlarini yozishni unga topshirish sharti bilan rozi boʻladi.

Birinchi demo-yozuv

tahrir

1992-yili Noel „The Real People“dan boʻlgan Tony Gryffitsni uning Liverpuldagi studiyasida bir-ikki qoʻshiqni yozishga ruhsat soʻraydi. Keyinchalik „Oasis-Live Demonstration“ deb mashhur boʻlgan bu yozuv guruhning birinchi studiyaviy albomi uchun asos boʻladi. Yozuvli kassetani turli xil rekord-leybllarga yuborishadi, ammo javob kelmaydi.

1993-yilda Oasisni Glazgo'ning „King Tutʼs Wah Wah Hut“ klubiga chaqirishadi. Guruh doʻstlari bilan mikroavtobusni ijaraga olishadi, ular 6 soatli yoʻl bosib oʻtishadi, ammo ularga set-listga kirgizilmagani aytilib, klubga qoʻyishmaydi. Guruh kuch ishlatishiga toʻgʻri keladi. Ularga baribir sahnaga chiqishga ruhsat berishadi va ular Creation Records ovoz yozish leyblining boshligʻi Alan McGui nazariga tushadilar, u darrov ularga shartnoma tuzishni taklif etadi. 1994-yilda cheklangan adad bilan „Columbia“ singli dunyo yuzini koʻradi, keyin esa dastlabki ommabop singllar -"Supersonic" va „Shakermaker“ chiqadi, ular radiostansiyalar efiriga va umumiy milliy chart UK Top 40 ga tushadi.

Diskografiya

tahrir
  1. Definitely Maybe — 1994-yil 30-avgust
  2. (What's the Story) Morning Glory? — 1995-yil 2-oktyabr
  3. Be Here Now — 1997-yil 21-avgust
  4. Standing on the Shoulder of Giants — 2000-yil 28-fevral
  5. Heathen Chemistry — 2002-yil 1-iyul
  6. Don't Believe the Truth — 2005-yil 30-may
Yil Qoʻshiq Albom Britan chartida erishgan eng yuqori pogʻonasi
1994 "Supersonic" Defenitely Maybe 31
1994 "Shakermaker" Defenitely Maybe 11
1994 "Live Forever" Defenitely Maybe 8
1994 "Cigarettes & Alcohol" Defenitely Maybe 7
1994 "Whatever" 3
1995 "Some Might Say" (Whatʼs the Story)Morning Glory? 1
1995 "Roll With It" (Whatʼs the Story)Morning Glory? 2
1995 "Morning Glory" (vipuщen tolko v Avstralii) (Whatʼs the Story)Morning Glory?
1995 "Wonderwall" (Whatʼs the Story)Morning Glory? 2
1996 "Donʼt Look Back In Anger" (Whatʼs the Story)Morning Glory? 1
1996 "Champagne Supernova" (vipuщen tolko v

Avstralii)

(Whatʼs the Story)Morning Glory?
1997 "D’You Know What I Mean?" Be Here Now 1
1997 "Stand By Me" Be Here Now 2
1998 "All Around The World" Be Here Now 1
1998 "Donʼt Go Away" (vipuщen tolko v Yaponii) Be Here Now
2000 "Go Let It Out" Standing on the Shoulder of Giants 1
2000 "Who Feels Love" Standing on the Shoulder of Giants 4
2000 "Sunday Morning Call" Standing on the Shoulder of Giants 4
2002 "The Hindu Times" Heathen Chemistry 1
2002 "Stop Crying Your Heart Out" Heathen Chemistry 2
2002 "Little By Little/She is Love" Heathen Chemistry 2
2003 "Songbird" Heathen Chemistry 3
2005 "Lyla" Donʼt Believe The Truth 1
2005 "The Importance Of Being Idle" Donʼt Believe The Truth 1
2005 "Let There Be Love" Donʼt Believe The Truth 2

Havolalar

tahrir

Rasmiy havolalari

tahrir

Rus tilidagi fan-saytlari

tahrir

Boshqa tillardagi fan-saytlar

tahrir