Oberton (nem. ober — yuqori va ton) — 1) texnikada — asosiy tonga nisbatan ancha yuqori chastotali murakkab tebranishlar (mexanik, tovush va elektr tebranishlari)dan tashkil topgan ton. Obertonni rezonator yordamida ajratish mumkin. Har bir davriy jarayon (tebranish)ni, yaʼni tovush, elektr tebranishlari va boshqalarni oddiy tebranish (O.) larga ajratish mumkin. Agar barcha Obertonlarning chastotasi asosiy chastotaga yaxlit koʻpaytmadan iborat boʻlsa (mas, 2/, 3/, ...), bunday Obertonlar garmoniklar deyiladi; 2) musiqada — asosiy tovush bilan birga paydo boʻladigan va unga boshqacha tus beradigan tovush. Bir ovoz yoki musika asbobini ikkinchisidan ajratishga imkon beradi. Obertonlarning tebranishlar chastotasi asosiy tonikadan 2, 3, 4 va 5 marta yuqori boʻladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil