Obinovvot — oʻrtapishar qovun navi. Shakli tuxumsimon yoki dumaloq, oʻrtacha kattalikda (3–4 kg), faqat dum tomoni toʻrlaydi, baʼzan toʻrsiz boʻladi. Tusi toʻq sariq, Poʻstining qalinligi oʻrtacha, eti qalin (5—6,5 sm), oq, yumshoq, sershira, shirin, tarkibida 7,4—9,3% qand, shuningdek, 4,9—5,6% saharoza bor. Quruq moddasi 9,2%. Urugʻxonasi oʻrtacha, urugʻi yirik, sariq. Urugʻi unib chiqqandan keyin 70—80 kunda pishadi. Hosildorligi 180— 200 s/ga. Uzok, muddat saqlashga, uzoq joylarga yuborishga yaroqsiz. Fargʻona vodiysida, Samarqand, Buxoro, Surxondaryo viloyatlarida yetishtiriladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil