Obizarang (Dashnobodsoy) — Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi soy, Toʻpolon daryosining chap irmogʻi. Uzunligi 58 km, suv toʻplash maydoni 330 km². 60 ga yaqin irmogʻi bor. Hisor tizmasining jan. tarmogʻi — Qoldirgʻa togʻlarining jan. yon bagʻirlaridagi buloqlardan boshlanadi. Obizarang mavsumiy qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Obizarangda 1928-yildan gidrologik kuzatishlar yoʻlga qoʻyilgan. Oʻrtacha yillik suv sarfi 3,5 m³/sek. Obizarang oqimining 80—85% mart—iyun oylariga toʻgʻri keladi, aprel—may oylarida oʻrtacha oylik suv sarfi 25 m³/sek. gacha yetadi. Obizarangda tez-tez sel toshqinlari ham kuzatilib, suv sarfi 100 m³/sek. ortadi. Yozning oxiri va kuzda quyi okimida oʻzani quruq boʻladi. Obizarang suvi, asosan, sugʻorishga sarflanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil