Obrligʻ
Obrligʻ (Arbilax) – Shok, davlatiga qarashli oʻrta asr shahri. Toshkent viloyatining Oblik, stansiyasi yaqinida. Yu. F. Buryakov tomonidan tekshirilgan (1962). Maydoni 80 ga boʻlib, VII-X asrlarda barpo etilgan. Obrligʻ Iloqning boshqa shaharlariga oʻxshamaydi: ark shahristondan ajralmagan; hunarmandchilik rabodlari qishloq yerlari bilan tutashib ketgan. Shahar iqtisodiy hayotining yuksalishi IX-X asrlarda kon ishlari, ayniqsa, unga yaqin boʻlgan oltin va kumush konlaridan keng foydalanishga bogʻliqdir. Lekin, maʼdan qazib olish XII asrdan tushkunlikka uchraydi. XII asr boshlarida shahar vayronaga aylangan. XIV asr oxiri XV asrda shaharning gʻarbiy qismida hayot jonlangan, keyinchalik shahar hozirgi Obliq qishlogʻi tomon kengaygan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |