Obroʻ — ijtimoiy hayotning turli jabhalarida (mas, ilmiy, diniy, siyosiy sohalarda, jamoada, oilada) biron shaxening bilimi, tajribasi, tashkilotchiligi, axloqiy fazilati tufayli orttirgan, koʻpchilik tomonidan eʼtirof etilgan taʼsiri, nufuzi. Obroʻ ayniqsa shaxening xalqi, Vataniga chin sadoqat bilan xizmat qilishi tufayli ortib boradi. Aksincha, nojoʻya harakati, soʻzi bilan ishining toʻgʻri kelmasligi kishini obroʻsizlantiradi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil