Observatsiya
Observatsiya (lotincha: observatio — kuzatish, nazorat) — karantinga olingan yuqumli kasalliklarga (oʻlat, vabo, chinchechak) chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli vaqtincha alohidalab qoʻyilgan kishilar ustidan tibbiy kuzatuv. Zarurat boʻlganda observatsiya boshqa yukumli kasalliklarga ham belgilanishi mumkin.
Observatsiyani sanitariya-epidemiologiya xizmati amalga oshiradi. Observatsiya muddati observatsiya qilish buyurilgan kasallik yashirin davrining eng uzoq muddatiga (qarang Inku-batsion davr) bogʻliq.Observatsiya qilinadigan kishilar doim vrach nazoratida boʻladi. Har kuni ularning hol-ahvoli soʻrab chiqiladi, koʻzdan kechiriladi, gavda temperaturasi oʻlchanadi, zarur boʻlsa, tegishli tekshiruvlar oʻtkaziladi, shoshilinch maxsus profilaktika qilinadi, ehtiyotdan emlanadi va hokazo. Tibbiy kuzatuvdagi kishilarga mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi beriladi. Observatsiyada transport vositalari va yuklarga ishlov berish (dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya) ham koʻzda tutiladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |