"OCHIL DASTURXON" — sehrli ertaklardan. Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan. "Chol bilan kampir", "Ochil, supram", "Ur, toʻqmoq" — mazkur ertakning variantlari. Ertak syujeti tilsim asosiga qurilgan. Hikoya qilingan voqea-hodisalar "yoʻqdan bor boʻlishga" asoslangan. Jodu kuchiga ega boʻlgan dasturxon badiiy detal sifatida kolliziya yaratadi va syujet davomida hal qiluvchi rol oʻynaydi. Tilsim vositalari amal qilganda, dasturxon ochilib, nozneʼmatlar paydo boʻladi. "Ur, toʻqmoq" variantida esa, qovoq ichidan toʻqmoklar chiqib, cholning raqibini doʻpposlaydi. Ertakda mehnatkash xalq ommasining toʻq va farovon hayot haqidagi orzu umidlari aks etgan. "Ochil dasturxon" da tinchlik va shodlik ulugʻlanib, egrilik va firibgarlik, zulm va zoʻrlik kabi ijtimoiy illatlar fosh etiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil