Odam boʻlish qiyin

Oʻlmas Umarbekov romani

"Odam boʻlish qiyin"Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻlmas Umarbekov qalamiga mansub roman. Asar adibning ilk romani boʻlib 1969-yilda yozilgan[1]. Roman yozuvchining ilk katta asari boʻlsada, yaxshi muvaffaqiyat qozongan va ellik yildan beri qayta-qayta nashr etilmoqda. Asar sovet va undan keyingi davrlarda bir qancha tillarga tarjima qilinib nashr etilgan. Ilk bora 1970-yilda „Yosh Gvardiya“ nashriyoti tomonidan nashr etilgan. 1972-yilda rus tiliga tarjima qilinib „Зелёная звезда“ nashriyotida nash etilgan[2][3]. 1985-yilda Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti“ asarni „Yoz yomg'iri“ qissasi bilan birga 30 000 nusxali qattiq muqovada nashr etgan. 2007-yilda Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi“, 2018-yilda „Yangi asr avlodi“ nashriyoti asarni nashr etgan.

Odam boʻlish qiyin

2019-yilgi nashr
Muallif(lar) Oʻlmas Umarbekov
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i roman
Nashr etilgan sanasi
Sahifalar soni
  • 187 bet (1985)
  • 112 bet (2007)
  • 352 bet (2018)
ISBN ISBN 978-9943-27-508-9

O‘lmas Umarbekovning „Odam bo‘lish qiyin“ romanida hayot, hayotning haqiqatga to‘la nafasi ufurib turadi. Asar tilining soddaligi, voqealarining jonliligi etiborga loyiq. O‘tgan asrning ikkinchi yarmidagi o‘zbek nasri rivojida O‘lmas Umarbekovning o‘ziga xos o‘rni bor. Uning „Odam bo‘lish qiyin“ romani yoshlar hayoti, maʼnaviy-axloqiy muammolar, insonlarning murakkab munosabatlari haqida yaratilgan va bugungi kunda ham ko‘p o‘qiladigan asarlar sirasiga kiradi[4][5].

Asar haqida

tahrir

Oʻtgan asrning ikkinchi yarmida Oʻzbek adabiyotida Oʻlmas Umarbekovning „Odam boʻlish qiyin“ romani tugʻildi. Asar real voqealarga asoslanib yozilgandek oʻziga jalb etadi. Asarda ota-onaga hurmat, qadr-qimmat, odamiylik tuygʻulari, yosh qalbning tuygʻulari, oʻzbeklarning sodda va mehribonligi, oʻspirin bolaning orzulari va shunga oʻxshash voqealar ibrat qilib yoritib berilgan.

Unda Oʻzbek ayolini yaqqol namoyon etgan Hojar buvi (Zavod aya yoki „Otinbibi“), kuni faqat qora mehnatda oʻtadigan qoʻllaridan har doim benzin isi alqab turadigan Obid aka, oʻzining jonkuyar mehnati uchun „Qahramon unvoni“ni olgan qishloqning oldi odami Yusuf aka, Maktabda yaxshi xulqi va aʼlo baholar bilan oʻqib kelayotgan Abdulla va Qishloqning aqlli qizi Gulchehraning hayotidan hikoya qilingan.

Asar qahramonlari Abdulla, Gulchehra, Samad, Sayyora kabi endigina maktabni bitirgan, katta hayot ostonasida turgan yoshlardir. Ularning har birini oʻz maqsadi, oʻz rejalari bor. Lekin, bu qahramonlarning bir biridan farqi — ana shu maqsadlariga qanday erishishlarida.

Abdulla — yaxshi, oʻqimishli va ziyoli oilaning yakka — yu yolgʻiz farzandi. Maktabda aʼlo baholarga oʻqib, oltin medal bilan yakunlaydi. U yaxshi tarbiya olgan, doimo yaxshi oʻqishga, yaxshi kasb egasi boʻlishga, yuqori choʻqqilarni zabt etishga intilgan. Lekin bu intilish keyinchalik boshqa yoʻnalishga oʻzgarib ketadi. Maqsadlar, rejalar oʻsha, ammo maqsadga erishish yoʻli oʻzgaradi. Abdulla otasiga oʻxshashni xohlamaydi, shohona hayotni, yaxshi mansablarni istaydi, bu yoʻlda bir qizning hayotini barbod qiladi.

Gulchehra — oddiy qishloq qizi, chiroyli, aqlli qiz. U ham maktabni yakunladi, koʻpchilik qatori shaharga ketmasdan, qishloqda qolib, uni obodonlashtirishni, qayta qurishni orzu qiladi. Ilk bor sevib qoladi. Balki bu sevgi ham emasdir. Ahir hech kimga koʻngil qoʻymagan, yaxshi yomonni farqiga bormaydigan qiz edi. Abdulla va Gulchehraning sevgisini yoshlikdagi oddiy havas deb tushinish mumkin. Ikkisi ham bu hisni ilk bor tuyishadi va ilk bor dunyoda shunday tuygʻular borligini bilishadi.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir

Odam boʻlish qiyin romani kitobxon.comda