Gavda vazni
Gavda vazni – antropologiyada odamning ogʻirligi yoki massasi, jismoniy taraqqiyot va tan sihatlikning asosiy koʻrsatkichlaridan biri. U yoshga, jinsga, boʻy-bastga, mehnat va turmush tarziga, ovqatga va tashqi muhitning boshqa omillariga bogʻliq. Gavda vazni shuncha boʻlishi kerak degan aniq bir chegara qabul qilinmagan, lekin odam yetarli va toʻgʻri ovqatlanmaganda, moddalar almashinuvi buzilganda, endokrin va asabiy-ruhiy kasalliklarda gavda vazni kamayadi. Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari, koʻp terlash va poʻst tashlashdan (chaqaloqlarda) keyin gavda vazni ancha kamayadi, aksari oradan maʼlum muddat oʻtgach, avvalgi asliga keladi. Ovqatga ruju qilish, badan tarbiya va boshqa faol harakatlar qilmaslik kishining semirib, Gavda vaznining ortib ketishiga sabab boʻladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |