Odamtosh seriyasi
Odamtosh seriyasi – Janubiy Oʻzbekistondagi yuqori boʻr davriga mansub qatlamlardagi stratigrafik birlik. O. M. Akramxoʻjayev, M. Egamberdiyev va H. H. Mirkamolovlar tomonidan 1971-yilda ajratilgan. Odamtosh seriyasi turon va konyak yaruslarining paleontologik qoldiqlariga boy boʻlgan giltosh, mergel hamda oz miqdorda gips, ohaktosh va qumtosh qatlamlaridan tashkil topgan. Odamtosh seriyasi, oʻz navbatida, Gʻozdahana, Chashmaobozon (quyi turon), Dehqonobod, Pachkamar (yuqori turon) va Oqrabot (konyak) mahalliy svitalariga boʻlinadi. Umumiy qalinligi 230–600 metr boʻlib, ostki neft-gazli mahsuldor qatlamlari uchun flyuidlarni toʻsib turuvchi ekran vazifasini bajaradi. Stratigrafik ahamiyatga ega.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |