Takror ishlab chiqarish
Takror ishlab chiqarish - sarflangan ishlab chiqarish omillari (tabiiy zaxiralari, ishchi kuchi va ishlab chiqarish. vositalari)ni qayta ishlab chiqarish yoʻli bilan tiklash Uning oʻzgarmas koʻlamda qaytarilib turishi oddiy takror ishlab chiqarish hisoblanadi. Agar shu jarayon yangidan kengaytirilgan koʻlamda takrorlansa kengaytirilgan takror ishlab chiqarish deyiladi.
Oddiy takror ishlab chiqarish.da foydalanilayotgan ishlab chiqarish. omillari, shu jumladan, kapital va mehnat hajmi, muayyan muddat davomida oʻzgarmaydi. Bu omillarning ilgarigidek unumdorligi natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdori kamaymaydi (aks hodda toraygan ishlab chiqarish. paydo boʻladi) ham, koʻpaymaydi ham. Kengaytirilgan T.ishlab chiqarish.da, boshqa hamma sharoitlar bir xil boʻlgan hodda, ishlab chiqarish. omillari hajmining oʻsishi ishlab chiqarish.ning va ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining oʻsishiga olib keladi. Ishlab chiqarish.ning bir yoki bir necha omillarining koʻpayishi hisobiga yuzaga keladigan kengaytirilgan T.ishlab chiqarish. uchun, odatda, qoʻshimcha kapital qoʻyilmalar talab etiladi (ishlab chiqarish.ga investitsiya jalb etiladi). Iqtisodiy taraqqiyot faqat kengaytirilgan T.ishlab chiqarish. boʻlgandagina yuz beradi. Butun jamiyat miqyosida yalpi ichki mahsulotni (YAIM) kengaytirilgan T.ishlab chiqarish. oldingi davrda jam/arma uchun ishlab chiqarilgan YAIMning bir qismidan foydalanishni taqozo etadi. Mamlakatning tiklanadigan va tiklanmaidigan tabiiy resurslari uning milliy boyligining bir qismi xisoblanadi. Tiklanadigan boyliklar — oʻrmonlar, baliq zaxiralari, qishloq xoʻjaligi. yer maydonlari va boshqadir. Bu tabiiy zaxiralar, odatda, uzok, muddatli T.ishlab chiqarish. takror hosil boʻlish sikliga egaligi bilan ajralib turadi. Koʻpgina foydali qazilmalar — neft, toshkoʻmir, boksit, temir rudasi tiklanmaidigan zaxiralarga kiradi. Shuning uchun ulardan tejamkorona va samarali foydalaniladi.
Demografiyada "T.ishlab chiqarish." tushunchasi aholi sonining tiklanishi jarayon larini tavsiflash uchun qoʻllanadi. Shartli ravishda 2 ta bolali oila oddiy T.ishlab chiqarish.ni, 3 ta va undan koʻp bolali oilalar kengaytirilgan T.ishlab chiqarish. ni bildiradi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |