Odoakr (Odoacer) (taxminan 431 – 493.15.3) – Gʻarbiy Rim imperiyasi imperatori armiyasidagi yollanma german otryadlaridan birining rahbari. Germanlarning skirlar kabilasidan. 476-yil 22 yoki 23 avgustda Gʻarbiy Rim imperiyasining soʻnggi imperatori Romul Avgustulni taxtdan agʻdargan, oʻzini Italiya hokimi deb eʼlon qilgan. 493-yil Odoakr davlati ostgotlar tomonidan zabt etilgan, O. esa oʻldirilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil