Odysseas Elytis
Odysseas Elytis (taxallusi; asl ismi Alepudelis) (1911.2.11, Krit oroli) — gretsiyalik shoir. Afina universitetining huquqshunoslik fakultetida oʻqigan (1930—35). Dastlabki sheʼrlari demotika — jonli muloqot tilida yozilgan. Yoshlik va nurafshonlikning hissiy^dunyosi kuylangan "Quyosh podshohi" (1943) asari Elytisni shodlik va ruhiy sogʻlomlik kuychisi, oʻz davrining koʻzga koʻringan lirik shoiri sifatida elga tanitgan. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Urush davrida orttirgan tajribasi asosida "Alban kampaniyasida halok boʻlgan kichik leytenantga bagʻishlangan va gʻamginlik qoʻshigʻi" (1943) nomli asari dunyoga kelgan. Asar syurrealistik uslubda yozilgan boʻlib, urush davri Gretsiya yoshlari orasida keng shuhrat qozongan. Elytis urushdan soʻng Afina radiosida ishlagan. 1948-yil Parijga borib, Sorbonna universitetida adabiyotdan saboq olgan, shuningdek, tasviriy sanʼat va sanʼatshunoslik bilan qiziqqan, maqolalar yozgan. Gretsiyaga qaytib, yana radioda ishlagan. "Mariya Nefeli" dostoni (1978) mashhur. Nobel mukofoti laureati (1979)[2].
Odysseas Elytis | |
---|---|
Tavalludi | 2-noyabr 1911 |
Vafoti | 18-mart 1996 |
Ijod qilgan tillari | Yunon tili[1] va Modern Greek |
Fuqaroligi | Yunoniston |
Manbalar
tahrir- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |