Ofset bosma
Ofset bosma, ofset (ing. offset) — tekis bosma usuli; bunda boʻyoq qolip (forma) dan elastik oraliq sirt (rezina silindr)ga, undan qogʻozga yoki bosma materialga tushiriladi. Ofset bosma AQSH da ofset bosma mashina yaratil-gandan soʻng (1905) taklif qilingan. Ofset bosma qolipi 0,3—0,8 mm qalinlikda pyx, alyuminiy, bimetall (mis, nikel) plastinadan fotomexanik usulda tayyorlanadi. Ofset bosma qoliplaridan negativ va pozitiv usullarda nusxa koʻchiriladi. Negativ usulda nusxa koʻchirishda metall plastina sirtiga xromlangan yorugʻlik sezgir kolloid qatlami surkaladi va negativ kayta bo-siladigan asl nusxa (original) ga koʻchiriladi. Nusxa boʻyoq bilan krplana-di, maxsus eritmalarda ochiltiriladi va ishlanadi. Pozitiv usulda nusxa koʻchirishda diapozitivpar qoʻllanadi. Nusxani ochiltirish va ishlash na-tijasida bosma elementlari ancha chuqurlashadi; bu esa bosma sifatini oshirishga va qolipdan koʻplab nusxa olishga imkon beradi. Qolip bimetall (mis va nikel)dan tayyorlangan boʻlsa, bosma elementlari mis sirtda, ochiq qoladigan joylar (probellar) esa nikel sirtda xrsil boʻladi. Ofset bosma kup rangli nashrlar (plakatlar, badiiy rep-roduksiyalar, rangli kitobchalar, ras-mli jur.lar va boshqalar), shuningdek, bir xil rangdagi rasmli kitoblarni bosishda keng qoʻllanadi. Ofset bosma korxonasida rang berish, fotoharf terish avtomatlari, ofset rotatsiyalari, avtomatik liniyalar boʻladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |