Oftalmoskopiya
Oftalmoskopiya (oftalmo va yunoncha, skopeo — koʻraman, tekshiraman) — koʻzning ichki pardalarini (tubini) tekshirish metodi. Oʻrtasi teshik maxsus koʻzgu — oftalmoskop (yorugʻlik nurini koʻz ichiga yoʻnaltiradi), yorugʻlik manbai va lupa (kattalashtirib beruvchi shisha)dan foydalanib qorongʻi xonada oftalmoskopiya qilinadi. Oftalmoskoplarning takomillashtirilgan va murakkabroq modellari ham bor. [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |