Ogʻiz hidlanishi - ayrim kasalliklarning belgisi. Koʻpincha tish, milk, burun-halqum, qiziloʻngach, meʼda va oʻpka kasalliklarida kuzatiladi. Baʼzan Ogʻiz hidlanishi qandli diabet, nefrit va ichki aʼzolarning boshqa kasalliklari belgisi boʻlishi ham mumkin. Tish eliksiri va losonlar yordamida Ogʻiz hidlanishini vaqtincha yoʻqotsa boʻladi, lekin, albatta, mutaxassis vrachga murojat etish lozim.

Ogʻiz hidlanishining oldini olish ovqatdan keyin ogʻizni chayish, tish va tish protezlarini tozalab yuvib turish (qarang Tish), shuningdek, ogʻiz boʻshligʻini sogʻlom saqlash, tish shifokori koʻrsatmalariga doimo amal qilish, meʼda-ichak kasalliklarini oʻz vaqtida davolatishdan iborat[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil