Ogahiy nomidagi ijod maktabi Xorazm viloyati Xiva shahrida joylashgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Muhammad Rizo Erniyozbek oʻgʻli Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash hamda Xiva shahrida Ogahiy ijod maktabini tashkil etish toʻgʻrisida“gi qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining „Huquqiy axborot“ kanalida xabar berildi. Qarorga muvofiq, 2019-yil dekabr oyida Muhammad Rizo Erniyozbek oʻgʻli Ogahiy tavalludining 210 yilligi mamlakat miqyosida keng nishonlanadi. Shuningdek, Xiva shahrida Ogahiy nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib oʻqitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati (Ijod maktabi) tashkil etiladi[1].

Xorazm viloyati Xiva shahri Qiyot mahallasi, „Aʼlo“ koʻchasi 45-A uyda joylashgan.

Maktab taʼlim tizimi

tahrir

Ogahiy nomidagi ijod maktabiga oʻquvchilar 7-sinfdan boshlab maxsus imtihonlar orqali qabul qilinadi va taʼlim 11-sinfgacha davom etadi. Maktabda ona tili va adabiyot, ingliz tili fanlari chuqurlashtirib oʻqitiladi. Dars mashgʻulotlaridan keyingi vaqtda qoʻshimcha fan toʻgaraklari va agentlik tasarrufidagi ijod maktablarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5188-sonli qaror asosida toʻgaraklar faoliyat koʻrsatmoqda. Har chorakda ichki monitoring orqali oʻquvchilar bilimi imtihondan oʻtkaziladi. Oʻzlashtirishi past boʻlgan oʻquvchilar maktabdan chetlatiladi. Maktabda hozirgi vaqtda oʻqituvchilar soni jami 29 nafarni, oʻquvchilar soni 200 nafarga yaqinni tashkil etadi.

Qulayliklari

tahrir

Maktabda darslardan tashqari ijodiy va zamonaviy kasblar oʻrgatiladi. Oʻquvchilar bepul yotoqxona bilan taʼminlanadi. Barcha oʻquvchilar uchun 5 mahal ovqat bepul. Maktabni bitirgach, bitiruvchilar jurnalistika, tarjimonlik, Oʻzbek tili hamda xorijiy til filologiyasi yoʻnalishlarida istalgan OTM ga shartnoma asosida qabul qilinish imkoniyatiga ega. [1]

Jihozlanishi

tahrir
Maktab-internatining umumiy quvvati 220 oʻringa moʻljallangan boʻlib, 200 oʻrinli faollar zali, 125 oʻrinli oʻquvchilar yotoqxonasi hamda 110 oʻrinli oshxona binolaridan iborat. 1 ta kompyuter xonasi zamonaviy sensorli ekran, sinf xonalari eng soʻnggi rusumdagi kompyuterlar va elektron doskalar bilan taʼminlangan. Maktab-internati toʻliq holatda internet tarmogʻiga ulangan.

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir