Ogahiy uy-muzeyi
(Ogahiy uy muzeyidan yoʻnaltirildi)
Ogahiy uy muzeyi – 1999-yilda Xorazm viloyati Xivadagi Qiyot mahallasida Muhammad Rizo Ogahiyning uyida tashkil etilgan uy-muzey[1]. Muzeyning oldida Ogahiyning haykali oʻrnatilgan[2]. Ogahiyning uy-muzeyi Koʻhna Arkdan taxminan 5-6 chaqirim masofada Xiva-Qoʻshk’opir yoʻlida joylashgan. Shoirning uyida „Ogahiy bogʻi“ tashkil etilgan boʻlib, bu yerda Muhammad Rizo Ogahiyning oʻzi ekkan tut daraxti ham bor[3]. 2019-yil 16-17 dekabr kunlari shoirning 210 yillik yubileyini nishonlandi va Ogahiy uy-muzeyi qayatadan restavratsiya qilindi[4]. Uy-muzey „Ichan-qal’a“ davlat muzey-qo‘riqxonasining filiali hisoblanadi[5].
Ogahiy uy-muzeyi | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | aktiv |
Turi | uy-muzey |
Joylashuvi | Qiyot mahallasi |
Shahar | Xiva |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qurilishi tugagan | 2019-yil (restavratsiya) |
Manbalar
tahrir- ↑ „Muhammad Rizo Erniyozbek o’g’li Ogahiy“.
- ↑ https://xs.uz/uz/post/hayot-gozalliklari-kujchisi[sayt ishlamaydi]
- ↑ https://www.intereuroconf.com/index.php/ispc/article/download/135/82
- ↑ https://beruni.uz/en-ca/component/k2/item/326-o%E2%80%99zr-fa-sharqshunoslik-instituti-muhammadrizo-ogahiy-qo%E2%80%99lyozmalaridan-nusxalar-sovg%E2%80%98a-qildi.html
- ↑ „O‘zbekistonning eng qiziqarli muzeylari: xorijiy sayyohlar orasida TOP-5“ (2023-yil 17-may).