Oksana Grishchuk
Oksana (Pasha) Vladimirovna Grishuk (ruscha: Оксана (Паша) Владимировна Грищук; 1971-yil 17-martda tugʻilgan) — muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda qatnashgan rossiyalik muz raqqosasi. U 1989-yildan 1998-yilgacha Yevgeniy Platov bilan boʻlgan juftligi bilan mashhur. Sherigi Platov bilan ikki karra Olimpiya chempioni (1994, 1998), toʻrt karra jahon chempioni (1994-1997) va uch karra Yevropa chempioni (1996-1998) boʻlgan. Oldingi sherigi Aleksandr Chichkov bilan birga 1988-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni deb topilgan[1].
Oksana Grishuk | |
---|---|
Grishuk va Platov | |
Oldin vakil boʻlgan |
Rossiya Sovet Ittifoqi |
Tavalludi |
17-mart 1972-yil Odessa |
Oldingi sheriklari |
Yevgeniy Platov Aleksandr Chichkov |
Jamoasi | Sportsclub Dinamo |
Yakunlagan | 1998-yil mart |
Faoliyati
tahrirGrishuk toʻrt yoshida konkida uchishni boshlagan. 12 yoshida murabbiy Natalya Linichuk qo‘l ostida shug‘ullangan[2]. Grishuk dastlab Sovet Ittifoqi vakili sifatida musobaqalarda qatnashuvchi Aleksandr Chichkov bilan juftlik hosil qilgan. 1987-yilda ular Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritganlar. Keyingi yili juftlik ushbu musobaqada oltin medalni qoʻlga kiritgan, shuningdek, sovet chempioni boʻlishgan. Juftlik yana bir mavsumda birga musobaqalarda ishtirok etib Gran Prix International de Paris (hozirgi Trophée Eric Bompard nomi bilan tanilgan) turnirining bronza medalini qoʻlga kiritgan. Chichkov 1989-yilning yozida jarohati tufayli konkida uchishdan isteʼfoga chiqqan.
Grishuk Natalya Dubova guruhiga taklif qilingan va u yerda Yevgeniy Platov bilan juftlik hosil qilgan. Juftlik Moskvada mashgʻulotlar olib borishgan. Uch oy oʻtgach, ular 1989-yil dekabr oyida Sovet chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritganlar. Juftlik 1990-yilda Jahon chempionatidagi ilk ishtirokida beshinchi oʻrindan joy olgan. Juftlik 1992-yilgi Yevropa chempionati va 1992-yilgi Jahon chempionatlarida bronza medalni qoʻlga kiritgan.
Grishuk va Platov juftligi 1992 — 1993-yilgi mavsumning Yevropa va Jahon chempionatlarida ishtirok etgan holda, kumush medallarini qoʻlga kiritgan. 1993 — 1994-yillarda oʻtkazilgan Yevropa chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan. Juftlik oʻzlarining birinchi Olimpiya chempionligiga 1994-yilgi Olimpiadada erishgan. Ular mavsumni 1994-yilgi Jahon chempionatida oʻzlarining ilk jahon chempioni unvonini egallagan holda yakunladilar. Juftlik Rossiyani tark etib, murabbiy Linichuk bilan birga Delaver shtatining Newark shahriga koʻchib oʻtishgan va shu bilan birga mashgʻulotlar va yashash sharoitlarini yaxshilashgan.
Dasturlari
tahrir(Platov bilan)
Mavsum | Original raqs | Erkin raqs |
---|---|---|
1997-1998 |
|
|
1996-1997 |
|
|
1995-1996 |
|
|
1994-1995 |
|
|
1993-1994 |
|
|
1992-1993 |
|
|
1991-1992 |
|
|
1990-1991 |
K. Schneider |
|
1989-1990 |
|
|
Natijalari
tahrirPlatov bilan
tahrirXalqaro | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Musobaqa | 1989-90 (URS) |
1990-91 URS) |
1991-
92 |
1992-93 (RUS) |
1993-94 (RUS) |
1994-95 (RUS) |
1995-96 (RUS) |
1996-97 (RUS) |
1997-98 (RUS) |
Olimpiada | 4 | 1 | 1 | ||||||
Jahon chempionati | 5 | 4 | 3 | 2 | 1 | 1 | 1 | 1 | |
Yevropa chempionati | 5 | 5 | 3 | 2 | 2 | 1 | 1 | 1 | |
CS (GP) finali | 1 | 1 | |||||||
GP Trophée de France | 1 | 1 | |||||||
GP NHK Trophy | 2 | 2 | 1 | 1 | |||||
GP Skate America | 1 | ||||||||
Milliy | |||||||||
Rossiya chempionati | 1 | 1 | |||||||
Sovet chempionati | 3 | 2 | 1 | ||||||
GP = Gran-pri |
Manbalar
tahrir- ↑ Frey, Jennifer. „Basic Instinct for the Gold, and an Oscar“. The Washington Post (1998-yil 16-fevral). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Glauber, Bill. „Grishuk, fire on and off ice, dances to own beat in Games; Never a dull moment in Russian's career as she, Platov pursue gold“. The Baltimore Sun (1998-yil 12-fevral). 2011-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.