Oksidlash (nem. Oxydierung) — metall buyumlar sirtini oksidlovchi eritmalar yordamida kimyoviy, elektrkimyoviy yoʻl bilan havoda qizdirib korroziyadan saqlash yoki koʻrkamlashtirish usuli. K imyoviy O.ning keng tarqalgani ishqorli va ishqorsiz O.dir. Ishqorli O.da buyum kaynab turgan natriy yoki kaliy ishqori eritmasi muqitidan oʻtkaziladi. Ishqorsiz O.da esa buyum fosfat kislota, kaliy yoki bariy nitrat va marganets fosfat aralashmasida 100° temperaturada qizdirib oksidlanadi. Kimyoviy O.da buyum sirtida 3 |x cha oksid qatlam xreil boʻladi. Bu qatlam loklanganidan yoki moylanganidan soʻng metall korroziyaga bar-doshli boʻladi. Bu usullar poʻlat, choʻyan va rux buyumlarni O.da qoʻllanadi.

Elektr-kimyoviy O. (anodlash) tok taʼsirida utkaziladi. Bu usul kimyoviy O. ga nisbatan yaxshiroq nati-ja beradi. Mas, 20—60 min. davomida 30° isitilgan 20% li sulfat kislota (tok kuchi 1,5—2,5 a va kuchlanishi 10— 20 v) tok bilan O. natijasida buyum sir-tida 20 s qalinlikda oksid parda hosil boʻladi. Oksidlangan buyum sirti loklanadi. Anodlashda oksid qatlam qalinligini 600 s gacha yetkazish mumkin. Bu usul, asosan, alyuminiy, mis va boshqa metall qotishmalarini O.da qoʻllanadi. Havoda O. poʻlat buyumlarini kizdirib, sirtini moylashdan iborat.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil