Olamiy ruh
Olamiy ruh — neoplatonizm falsafasidagi markaziy tushunchalardan biri. Platonning koinotni harakatga keltiruvchi ibtido boʻlgan Olamiy ruh toʻgʻrisidagi taʼlimotidan kelib chiqqan; ideal (jismeiz) dunyo bilan olamiy ruh yaratgan hissiy dunyo oraligʻida turadi. Olamiy ruh haqidagi taʼlimot Uygonish davri panpsixizmi (italyan neoplatoniklari, J.Bruno), nemis romantizmi va XIX asr idealistik falsafasi (F.V.Shelling, G.T.Fexner, E.Gartman) tomonidan qabul qilingan[1].
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |