Olapoʻchoq
(Olapo`choqdan yoʻnaltirildi)
Olapoʻchoq — kechpishar qovun navi. Shakli choʻziq, tuxumsimon, yirik, uchi ingichka, uzunligi 28—35 sm, ogʻirligi 4–6 kg. Dum tomoni biroz tilim-tilim, uch tomoni gʻadir-budur, toʻr bilan qoplangan, tusi toʻqsariq. Sirtining gullari qoʻshaloq, keng, toʻq yashil dogʻlari bor. Poʻsti qattiq, eti toʻq yashil, qalinligi 5,5—6 sm, sersuv, shirin. Tarkibida 9,8% qand, shu jumladan, 6,5% saharoza, 11,7% quruq modda bor.
Olapoʻchoqning urugʻxonasi unchalik katta emas, urugʻi yirik. Ekilgan urugʻi unib chiqqanidan keyin, hosili 95—110 kunda pishadi. Hosildorligi 250—300 s/ga. Qishda asrashga va uzoq joylarga olib borishga yaroqli. Boʻz tuproqli unumdor yerlarda moʻl hosil beradi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |