Oldi-sotdi
Oldi-sotdi (huquqda) — fuqarolik huquqiy munosabatlarida keng tarqalgan shartnoma. Uning asosiy vazifasi tovar-pul almashinuvini amalga oshirishdir. Oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq, 1 taraf—sotuvchi ikki taraf—sotib oluvchiga tovarni mulk qilib topshirish majburiyatini oladi, 2 taraf (sotib oluvchi) esa tovarni qabul qilish va uning haqini toʻlash majburiyatini oladi.
Oldi-sotdi shartnomasi kadim zamonlardan kishilar oʻrtasida keng qoʻllaniladigan shartnomalar sirasiga kiradi. U taraflarning maxsus (ogʻzaki yoki yozma) kelishuvi asosida amalga oshiriladi. Tovar bu shartnomaning predmeti hisoblanadi. Tovar-ashyolar. koʻchar va koʻchmas mol-mulk, qimmatlp qogʻozlar, mulkiy huquqlar hamda pul shartnoma predmeti boʻladi. Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat shartnoma subʼyektlari hisoblanadi. Oldi-sotdi shartnomasining asosiy shartlarp: taraflar, predmet, baho, taraflarning huquq va majburiyatlari, shartnoma shartlarini buzganlik uchun taraflarning javobgarligidir. O.-s. shartnomasining chakana O.-s, mahsulot yetkazib berish, kontraktatsiya (qarang Kontraktatsiya shartnomasi), energiya taʼminoti, koʻchmas mulkni sotish kabi turlari mavjud.
Koʻpgina davlatlarda O.-s. fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlari talablari asosida amalga oshiriladi. Ichki, shuningdek, xalqaro bozorda ham turli tovarlar O.-s.siga oid operatsiyalarni mukammal tartibga soluvchn maxsus savdo (tijorat) kodekslari mavjud.
Oʻzbekiston Respublikasi FK da Oldi-sotdi shartnomasining turli jihatlari va uning shartnoma taraflarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini aniq koʻrsatgan holda amalga oshirilishiga oid qonun talablari katʼiy belgilangan. Xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, chet el davlatlari ishtirokida amalga oshiriladigan O.-s. operatsiyalari Oʻzbekiston Respublikasining chet el investitsiyalari toʻgʻrisidagi qonunchiligi, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan tuzgan ikki tomonlama va koʻp tomonlama bitimlari bilan tartibga solinadi.
Sayd Gʻulomov, Nurillo Imomov.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |