Olduvay madaniyati
Olduvay madaniyati miloddan avvalgi 3-2 mln yil oldin odamzod ajdodlarining yodgorliklari topilgan sharqiy Afrikadagi Oduvay darasi, Olduvay madaniyatiga kiradi. XIX asrning 50-yillarida Olduvay (tanzaniya)dan keyin 2-oʻrinda turuvchi qadimgi manzilgoh topildi. Bu yerda koʻp toshdan qilingan boltalar topildi. 25 yil tatqiqot olib borilgan.
Olduvay davri odamlari terimchilik va ovchilik bilan shug'ullanganlar. Ular to'da bo'lib ov qilib, yirik yirtqich hayvonlarni tutib iste'mol qilishgan. Odamlarning to'da boʻlib yurishlari natijasida o'zlarini turli tabiat hodisalaridan va yirtqich hayvonlardan himoya qilganlar. Bu davr odamlari tabiatga to'la qaram bo'lib uy-joy qurilishini ham, olovdan foydalanishni ham bilmaganlar. Yirtqich hayvonlardan esa, oddiy va dag'al qurollar bilan himoyalanganlar. Tabiat ham insonlar yashashi uchun qulay, issiq boʻlgan.Olduvay bosqichida odamlar eng primitiv usulda yasalgan qo'l cho'qmorlari (ruchnoe rubilo)lardan foydalanganlar. Mazkur qurollarni yasash uchun dastlab, odamlar qulay shaklga ega boʻlgan (ko'proq yapaloq shakldagi) qayroqtoshni topib, tosh boltalar yordamida uning bir uchiga urib, uchirib ishlov berganlar. U paytning tosh bolg'alari (otboyniklar) og'irligi 0,5 kgdan oshmagan oddiy qayroqtosh boʻlgan. Bu xildagi tosh bolg'alar yordamida qo'l cho'qmorlariningina emas, balki tosh o‘zaklaridan ham keng foydalanilgan .
Qo'l cho'qmorlari odatda bir tomoni bodomga yoki yurakka o'xshab, to'mtoq boʻlgan, lekin uni qo'l bilan ushlash qulay boʻlgan. Ikkinchi, qarama-qarshi tomoni esa, o'tkir uchli bo'lib, bu tomoni kesish, chopish, kovlash kabi vazifalarni bajargan. Ajdodlarimiz shu qurollar yordamida ov qilganlar, ildiz kovlaganlar, go'shtni maydalaganlar, terilarni shilganlar. Odamning qo'li esa dasta vazifasini bajargan. Ibtidoiy davrlarda mexnat qurollarning yasalish uslublari A.A.Semenyonovning 1964 yilda nashr qilingan "Ibtidoiy texnika" (Pervobitnaya texnika) kitobida keng taxlil qilib berilgan.