Oleg Antonov
Oleg Konstantinovich Antonov (1906.25.1, Moskva viloyati — 1984) — rus aviakonstruktori, akademik (1961) va Ukraina Fanlar Akademiyasi akademik (1967). Dastlab planyor zavodida bosh konstruktor boʻlib ishlagan, keyinchalik Tajriba-konstruktorlik byurosini boshqargan, samolyotsozlik boʻyicha bosh konstruktorlik qilgan. A. samolyotlar va planyorlarning 60 dan ortiq turini, shu jumladan porshenli samolyotlar (An-2 va An-14), turbovint-li transport samolyotlari (An-8, An-561YUA, An-12, An-22 — „Antey“, An-124 — „Ruslan“ va boshqalar), yerda deyarli yugurmay parvoz qiladigan va qoʻna oladigan sa-molyot An-72 ni yaratgan. A. ilmiy-kon-struktorlik faoliyatini aviatsiya boʻyicha muhandis kadrlar tayyorlash bilan qoʻshib olib borgan.
-
АН-2
-
АН-124
-
АН-225
-
АН-70
-
АН-140
-
АН-148
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |